I.Razzoqov nomidagi Qirg‘iziston Davlat texnika universitetining Geodeziya va masofadan zondlash yo‘nalishi talabalari bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida amaliyot darslari davom etmoqda.
Mashg‘ulotlarda talabalar geodezik o‘lchovlar, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ishlash hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lib bormoqdalar.