Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti “Geomatika muhandisligi” kafedrasi 1967 yildan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedra tarixi
Kafedra 1967 yil umumiy muhandislik fanlari kafedrasidan ajralib chiqqan va unga «Muhandislik geodeziyasi» nomi berilgan. Uning tarkibida T.Qo‘ziboev, Q.Bo‘riyev va O.Trofimovalar faoliyat olib borgan. So‘ngra “O‘zDAVYERLOYIHA” institutidan N.Nishonboyev (1968), SamDUdan F.Narzullayevlar (1968) kafedra professor - o‘qituvchilari safiga qo‘shilganlar. Kafedra professor-o‘qituvchilari safi kundan-kunga kengaya bordi. SamDU dan Sh.Abrayev (1970), M.Qo‘ziboyev (1975), B.Omonov (1991), ToshPI dan N.Murodullayev (1972), S.A.Tashpo‘latov (1973), O.Haydarov (1973), T.U.Safarov (1975), A.S.Suyunov (1981), Sh.Avchiyev (1984), TIvaQXMMI dan Sh.Davlatov (1971), D.O.Jo‘raqulov (1981), SamDAQI dan S.Jalilov (1980), E.X.Isakov (1987), M.Burxonov (2004), A.Salaxiddinov (1999), G‘.A.Artikov, Sh.Sh.Tuxtamishev (2000), I.X.Omonov (2008), S.Javadovlar (2008) o‘qituvchilari safiga qo‘shilganlar.
2010-2023 yy. kafedraga quyidagi mutaxassislar ishga qabul qilindi, bular: I.Pimazarov (2011), F.E.Gulmurodov (2011), O.A.Urakov (2012), V.R.Niyazov (2013), M.B.Aminjanova (2013), M.Xusanova (2013), M.Bobokalonov, S.Manoyev (2014), L.T.Ibragimov, N.Umarov, U.A.Raximov (2014), Sh.A.Suyunov (2015), Z.Yarqulov (2015), A.Mirzayev (2016), Sh.Samankulov, U.Berdikulov, G.Mullajanova (2017), Sh.Xudaykulov, D.Obidova, D.Xamdamova (2020), J.U.Ortiqov (2021), G‘.Azamov (2022), N.Norboyev va A.Yoqubovlar (2023) o‘qituvchilari safiga qo‘shilganlar.
Kafedra a’zolaridan Sh.Davlatov (1978), N.Murodullayev (1979), S.A.Tashpo‘latov (1980), O.Haydarov (1984), N.Nishonboev (1985), A.S.Suyunov (1988), Sh.Avchiev (1990), E.X.Isakov (1993) nomzodlik, 1995 yil esa kafedra mudiri A.S.Suyunov doktorlik dissyertatsiyalarini himoya qildi. Shunigdek, kafedra a’zolaridan, A.Salaxiddinov (2004), T.M.Abdullayevlar (2005) fan nomzodi, Sh.A.Suyunov (2018), F.E.Gulmurodov (2021), Sh.Sh.Tuxtamishev (2022), N.Sh.Umarov (2023), U.A.Raximov va V.R.Niyazovlar (2024) texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga erishishdi.
Kafedra 1996 yil maxsus kafedraga aylantirildi va unga “Geodeziya va yer kadastri” nomi berildi. 2000 yil kafedraga «Geodeziya» nomi berildi. Shuningdek, 2018 yilda kafedra ikkiga bo‘linib, «Geodeziya va kartografiya» va «Bino va inshootlar kadastri» kafedrasi, 2023 yilga kelib esa ikkita kafedra birlashtirilib, «Geomatika muhandisligi» kafedrasi deb nomlangan.
A.S.Suyunov, Sh.A.Suyunov, Sh.Tuxtamishev, V.R.Niyazov, U.A.Raximov, N.Sh.Umarov, L.T.Ibragimov va M.Bobokalonovlar yaratgan ixtirolari uchun patentlarga ega bo‘lishdi.
O‘tgan davrlarda kafedra mudirligini T.Qo‘ziboev (1967-69), N.Nishonboyev (1969-75), M.Qo‘ziboev (1975-79), Sh.Davlatov (1979-85), S.A.Tashpo‘latov (1985-88), N.Murodullayev (1988-95), A.S.Suyunov (1995-2002), E.X.Isakov (2002-2008), G‘.A.Artikov (2008-2010), D.OJo‘raqulov (2010-2018), A.S.Suyunov (2018-2023) va D.OJo‘raqulov (2018-2023), N.Sh.Umarovlar (2023-2024) bajarishgan
Bugungi kunda kafedraning nomlanishi «Geomatika muhandisligi» bo‘lib, kafedrada t.f.f.d. (PhD), dotsent v.v.b. V.R.Niyazov rahbarlik qilmoqda.
2024 yildan boshlab
Kafedrada “Amaliy geodeziya”, “Geodeziya va kartografiya” va “Yer tuzish va yer kadastri” mutahassisligini tamomlagan iqtidorli yoshlardan A.Salaxiddinov (2002) “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyanti”, O.M.Ravshanova (2008), o‘qituvchilar G.Mulladjanova (2015), D.Xamdamova (2016) va F.Tajidinova (2017) “Beruniy” nomli Davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan.
Hozirgi vaqtda “Geomatika muhandisligi” kafedrasi O‘zbekistonda “Geomatika muhandisligi”, “Kadastr (Faoliyat turlari bo‘yicha)”, “Geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish)” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi maskan bo‘lib, talabalar o‘qish jarayonida geodeziya, kartografiya, kadastr va geomatika sohalarida har tomonlama tayyorgarlikka ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar kasbiy masalalarni yechishda nazariy va amaliy yondashish ko‘nikmalar sohibi bo‘ladilar.
Kafedrada talabalarni o‘qitish soha korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab, bozor iqtisodiyoti talablarining o‘zgarishiga mos holda o‘qitishga, ish beruvchilarga maksimal amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishiga e’tibor qaratadi.
Hozirgi kunda kafedra yo‘nalishi va mutaxassisliklari bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Respublika Aerogeodeziya markazi, Respublika Aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi, “O‘zDAVYERLOYIHA” instituti Samarqand viloyati bo‘linmasi, Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi, “O'zgashkliti, ITI (ilmiy-tadqiqot instituti)” MCHJ Samarqand filiali, bir necha shaharlar va viloyatlarning boshqarmalari kadastr muhandislari va yetakchi loyiha tashkilotlarida geodezistlar sifatida faoliyat yuritishmoqdalar.
“Geomatika muhandisligi” kafedrasi universitetda mutaxassis chiqaruvchi asosiy kafedralardan biri sifatida doim rivojlanib va kengayib bormoqda. Bugungi kunda kafedrada 31 nafar professor-o‘qituvchilar va 2 nafar o‘quv yordamchi xodimlar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 1 nafari fan doktori, professor; 10 nafari fan nomzodlari, dosentlar; 10 nafar katta o‘qituvchilar; 7 nafar o‘qituvchilar, 3 nafari esa stajyor o‘qituvchilardir.
Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tamonidan 20 dan ortiq darslik, 40 ga yaqin o‘quv qo‘llanmalar, 10 ta monografiya, 70 ga yaqin o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar hamda 5000 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.
Hozirda kafedra, 2 ta magistratura mutaxassisligi va 4 ta bakalavr geodeziya, kartografiya, kadastr va geomatika muhandisligi ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan ilmiy-pedagogik faoliyat olib boradi. Shuningdek, 11.00.06 – “Geodeziya. Kartografiya”, 11.00.07 – “Geoinformatika” va 06.01.10 – “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” iqtitisosliklari bo‘yicha (PhD) tayanch doktorantura falsafa doktorlari va fan doktorlarini tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi. Hozirgacha kafedrada 1000 dan ziyod mutaxassis geodeziya, kartografiya va kadastr bakalavrlar, 100 dan ziyod magistrlar, 10 dan ziyod texnika fanlari nomzodlari va falsafa doktorlari tayyorlangan.
Hozirgi kunda kafedra bitiruvchilari (bakalavr va magistrlar) nafaqat respublika viloyatlari va shaharlaridagi loyiha tashkilotlaridan balki xorijiy va qo‘shni davlatlarda ham faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedraning korxonalar bilan aloqalari:
• O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi;
• Respublika Aerogeodeziya markazi;
• Respublika Aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi;
• “O‘zDAVYERLOYIHA” instituti Samarqand viloyati bo‘linmasi;
• Kadastr agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi;
• Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi;
• “O'zgashkliti, ITI (ilmiy-tadqiqot instituti)” MCHJ Samarqand filiali;
• “SAMGEODEZIST” MCHJ.
Kontingent:
Kafedra mudiri, 3 ta professor, 2 ta dotsent, 1 ta v.v.b. dotsent., 9 ta katta o‘qituvchi, 5 nafar o‘qituvchi-assistent, 3 ta stajyor-o‘qituvchilar, 2 nafar o‘quv yordamchi xodimlar. Kafedraning ilmiy salohiyati – 33 %, o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi – 54.
Bakalavriat yo‘nalishlari:
60723300 – Geomatika muhandisligi
60722500 – Geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish)
60722800 – Kadastr (Faoliyat turlari bo‘yicha)
60721500 – Geodeziya va geoinformatika
Magistratura:
70723301 – Geomatika muhandisligi
70722701 – Yerni masofadan zondlash va GAT- texnologiyalari
70722801 – Kadastr (Davlat kadastrlar yagona tizimi)
70722701 – Geodeziya kartografiya (Amalaiy geodeziya)
Doktorantura:
11.00.06 – «Geodeziya. Kartografiya»
11.00.07 – «Geoinformatika»
06.01.10 – «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi»
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha
MA’LUMOT
T/r F.I.SH Lavozimi
1. Niyazov Vohidjon Ro‘ziyevich Kafedra mudiri, t.f.f.d. (PhD), Dotsent
2. Suyunov Abdusali Samatovich t.f.d., Professor
3. Isakov Erkin Xujayarovich t.f.n., Professor
4. Jurakulov Doniyor Ochilovich t.f.n., Professor
5. Artikov G‘ulom Abduraxmonovich t.f.n., Dotsent
6. Suyunov Shuxrat Abdusaliyevich t.f.f.d. (PhD), Dotsent
7. Raximov Ulug’bek Abdullayevich t.f.f.d. (PhD), Dotsent
8. Safarov Toxir Usmanovich Katta o‘qituvchi
9. Axunjanov Abduraxmon Maxmudovich Katta o‘qituvchi
10. Pirnazarov Islom Mardonovich Katta o‘qituvchi
11. Mirzayev Anvar Abdusaidovich Katta o‘qituvchi
12. Omonov Ismoil Xolboyevich Katta o‘qituvchi
13. Urakov Olim Abdig’ofirovich Katta o‘qituvchi
14. Manoyev San’at Baxronovich Katta o’qituvchi
15. Xusanova Mashxura Islomovna Katta o‘qituvchi
16. Ibragimov Laziabek Toshpulat o’g’li Katta o‘qituvchi
17. Yarkulov Zokir Raxmonovich O‘qituvchi
18. Berdiqulov Usmon Axmadovich O‘qituvchi
19. Samanqulov Shuxrat Rashitovich O‘qituvchi
20. Xudoyqulov Shoxruz Shuxrat o’g’li O‘qituvchi
21. Tajidinova Farangiz Merojiddinovna O‘qituvchi
22. Obidova Dilnoza Davronzoda Stajyor-o‘qituvchi
23. Ortiqov Javlon Ulug’murot o’g’li Stajyor-o‘qituvchi
24. Norboyev Nodir Abdikarim o’g’li Stajyor - o‘qituvchi
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-metodologik ishlar
Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra fanlaridan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, kurs loyihalari va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish bo‘yicha savolnomalar va testlar chop etilgan.
O‘quv jarayoniga yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, ya’ni, AKT va “aqliy hujum”, “insert”, “klaster”, “refleksiya”, “guruhda ishlash” va boshqa shu kabi pedagogik usullar qo‘llanilmoqda.
O‘quv-amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlariga ilmiy natijalarning tadbiq etilishi va material-texnik bazani yaxshilash va to‘ldirish kafedraning dolzarb muammolaridir. Kafedraning iqtidorli talabalari ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etadilar. Ular ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Olingan ilmiy natijalar respublika jurnallarida chop etilgan.
Ma’ruza matnlari:
Barcha maxsus fanlar bo‘yicha ma’ruzalar matnlarining elektron va qog‘oz variantlari tayyorlangan. Matnlarning elektron variantlari Ziyonet portaliga joylashtirilgan.
Kafedra manzili
Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy Bosh bino 620-xona