Skip to main content

Geosymbiotic workshop 2025 Yaponiyada davom etmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Arxitektura” fakulteti o‘qituvchisi, doktorantlari hamda bir guruh talabalari Yaponiyaning “SETSUNAN” universitetida o‘tkazilayotgan “Geosymbiotic workshop 2025 & internship, Japan extension” amaliyot va stajirovka dasturida faol ishtirok etishmoqda.

 

Ushbu stajirovka jarayonida qatnashchilar zamonaviy shaharsozlik, ekologik muvozanatga asoslangan arxitektura yondashuvlari, xalqaro tajriba almashuvi hamda yapon ilmiy-tadqiqot maktabi bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlamoqda.

 

Talabalar yapon ilmiy-uslubiy tajribasini o‘rganish bilan birga, o‘z loyihalarini taqdim etib, xalqaro bahs-munozaralarda ham ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

 

Yuqoridagi amaliyot dasturi SamDAQU va SETSUNAN universitetlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.