Skip to main content

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini oldini olish

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini oldini olish” mavzusida muhim profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Talabalar dekani Sherzod Bozorov, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, dekanat xodimlari hamda 220 nafar talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida yoshlarga giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining inson salomatligi, kelajagi hamda jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan jiddiy salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirning eng ta’sirli qismi sifatida “Ulug‘bek vorislari” teatr studiyasi a’zolari tomonidan “Giyohvandlik — umr zavoli” nomli sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi. Ushbu sahna ko‘rinishi orqali bugungi kunda yoshlar orasida uchrayotgan psixotrop moddalar savdosi, ularning iste’moli va giyohvandlikning og‘ir oqibatlari badiiy yondashuv asosida yoritib berildi hamda tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.