Skip to main content

Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan “Malayziya-O‘zbekiston 1-Oliy ta’lim forumi” doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi Malayziyaning Malaya universiteti, Malayziya Islom bilimlari universiteti, Malayziya Sarawak universiteti va Malayziya Tun Husaym Onn universiteti vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilinib, tez orada onlayn uchrashuvlar tashkil etilishi hamda shartnomalar imzolanishi rejalashtirildi.

Shuningdek, Malayziyaning Tuna Husseyn Onn (UTHM) universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida arxitektura, qurilish muhandisligi, atrof-muhit muhandisligi va mexanika muhandisligi yo‘nalishlarida professor-o‘qituvchilarning stajirovkasi va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish belgilandi.