Skip to main content

"Hozirgi Kunning Sirlari"

"Keyinroq" degan so‘z – hayotingizdagi imkoniyatlarni yo‘qotishning birinchi qadamidir."  

 

Yoshlar uchun eng katta xato – hamma narsani "erta"ga qoldirish:  

 

- "30 yoshdan keyin boshlasam ham ulguraman" 

 

- "Ishim barqaror bo‘lgach, hammasi bilan shug‘ullanaman"  

 

- "Hozir vaqtim yo‘q, keyinroq o‘qiyman"  

 

Lekin hayot shoshilinch! Keling, hozirdan boshlash uchun bir necha ilmiy-hayotiy asoslangan qoidalarni ko‘rib chiqaylik:  

 

 "Yoshlik – Bu qayta tiklanmaydigan resurs"

 

- Hayotiy misol: Alisher 20 yoshida "Hammasiga vaqtim bo‘ladi" deb yurgan edi. 30 yoshida esa "Vaqtim bor, lekin imkonim va kuchim yo‘q" deb yura boshladi.  

 

- Ilmiy fakt: Yosh organizm 25 yoshgacha tez moslashuvchan bo‘ladi. Yosh miya yangi ko‘nikmalarni 5 baravar tez o‘zlashtiradi. Keyin metabolizm sekinlashadi, jarohatlar uzoq davom etadi.  

 

- Tavsiya: Kerakli Ilm bilan mashg‘ul bo‘lish, Sport, sayohat, yangi ko‘nikmalar – hammasini me’yorida HOZIR boshlang!  

 

 "Erkin Vaqt – Bu aqlning yo‘lboshchisi"

 

- Hayotiy misol: Zuhra talabalikda aksariyat bo‘sh vaqtini o‘zi  uchun behuda ishlar bilan o‘tkazar edi. Keyin u "Men o‘qishim va ishimga qiziqishim qolmayapti" degan hisga tushib qoldi.  

 

- Ilmiy fakt: Stanford universiteti tadqiqotiga ko‘ra, har kuni 1-soat "erkin" vaqt (xobbi) kreativlikni 40% oshiradi.  

 

- Tavsiya: Kuniga 1 soat faqat o‘zingiz uchun ajrating  shu vaqtda sizga foydali bo‘lgan (kitob, sport,  sayr) tafakkur va tasavvurlar va irodaviy xususiyatlaringizni mustahkamlaydi va boyitadi.  

 

"SOG‘LIQ – BU ENG QIMMAT VA BEPUL SIZGA BERILGAN NE’MATDIR  

 

-Hayotiy misol: Jasur 25 yoshida "Yoshman, kasal bo‘lmayman" deb ovqatlanishga e’tibor bermagan. 30 yoshida esa doimiy gastrit bilan yashay boshladi.  

 

- Ilmiy fakt: Yoshligida iste’mol qilgan har bir me’yoridan ortiq ovqatlar fastfood, har xil gazli ichimliklar 40 yoshida yurak, oshqozon va buyrak muammolariga olib kelishi mumkin.  

 

- Tavsiya: 

  - Kuniga meva/sabzavotlar (ilmiy tavsiya!).  

  - Har yili 1 marta to‘liq tekshiruv.

 

Eslatma: Biz hammamiz Qarilik kelishdan oldin Yoshlikni qadriga;

 

Xastaliklar kelishidan oldin, Sog‘likni qadriga yeting;

 

 O‘zimiz bilan o‘zimiz ovora, bant bo‘lib qolishdan oldin hozirgi bo‘sh "erkin" vaqtlarni qadriga yetaylik.

Bu uch jarayondan hech kim holi emas!!!

 

Sardor OTAYOROV

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti psixologi.