Skip to main content

Hurmat va e’tirof ramzi – Boʻron ota xonadonida!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tyutorlari va “Qurilish” fakulteti talabalari Urgut tumani hokimligi vakillari bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi faxriysi Gadoyev Boʻron ota xonadoniga tashrif buyurishdi.

 

Suhbat davomida Boʻron ota urush yillarining mashaqqatlari, Vatan shaʼni, yurt tuprogʻining bebaho qadri va bugungi tinch hayot haqida yoshlarga samimiy nasihatlar berdi. Ilm olish, mehnat qilish va yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish lozimligini ta’kidladi.