Skip to main content

Hurmatli abituriyentlar

Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!

 

2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:

 

Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.

 

Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.

 

Yodingizda bo‘lsin:

 

 Pasport (ID-karta) asl nusxasi;

 Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.

 

Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!

 

SamDAQU Call-centre va maslahat markazi:

+998(66)237-06-06

+998(66)237-22-12