Farzandingiz bu yil 1-sinfga qadam qo‘yayaptimi? Ularning ilk maktab hayoti yorug‘ va quvonchli boshlanishi uchun Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kasaba uyushmasi tomonidan kam ta’minlangan deb e'tirof etilgan xodimlar farzandlariga bepul o‘quv qurollari to‘plami taqdim etiladi.
Sizning arizangiz – farzandingizga qo‘shimcha quvonch va ishonch demak!
Ariza topshirish uchun fakultetlar va bo‘limlar kasaba uyushma mas’ullariga murojaat qilishingiz mumkin.
Arizalar 2025-yil 5-avgustgacha qabul qilinadi