Skip to main content

Ichki turizm – yangi taassurotlar sari sayohat

14-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti xodimlari uchun boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ichki turizm doirasida Jizzax viloyati Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.

Mazkur sayohat universitet jamoasi uchun nafaqat hordiq, balki o‘zaro muloqot, jamoaviylik va yangi manzillarni kashf etish imkonini berdi. Ishtirokchilar tarixiy obidalar, madaniy maskanlar bilan tanishib, unutilmas taassurotlar bilan qaytdilar.