Skip to main content

II Jahon urushi faxriysi bilan uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Talabalar dekanati tyutori hamda faol talaba yoshlari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 1924-yilda tug‘ilgan, II Jahon urushi qatnashchisi Ahad Ochilov boboning xonadoniga tashrif buyurishdi.

 

60 yil davomida taʼlim sohasida fidokorona xizmat qilgan, 6 avlodga ustozlik qilgan, Prezidentimiz tomonidan “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan Ahad bobo yoshlarga oʻz hayot yoʻllari, 17 yoshida urushga ketgan kunlari, frontdagi ogʻir sharoitlar va bugungi tinch, farovon hayot haqida so‘zlab berdi.