Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Oliy ilm-fan maktabi tashabbusi bilan 1-bosqich Dizayn: Libos va gazlamalar hamda Dizayn: Interyer dizayni yo‘nalishi talabalari uchun mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Mehmon sifatida “Samarkand Art House” asoschisi, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirokchi, tajribali me’mor va dizayner Bekmuhamedova Nargis Abdusalomovna qatnashib, o‘zining ijodiy faoliyati, dizayn san’atidagi yangicha yondashuvlari hamda xalqaro maydondagi tajribalarini talabalarga ulashdi.
Uchrashuv davomida libos dizaynida milliy qadriyatlar va zamonaviy moda yo‘nalishlari uyg‘unligi, interyer dizaynida esa estetik go‘zallik bilan funksionallikni uyg‘unlashtirish tamoyillari haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish barobarida, ijodiy izlanishlarda amaliy maslahatlar oldilar.