Skip to main content

Ijodiy muloqot: Navoiy merosi – qalblarda yashaydi

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan Qurilish fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda faxriy ustoz, shoir Nuriddin Boboqandov (Nuriy) ishtirokida ijodiy muloqot tashkil etildi.

 

Shoirning xonadonida bo‘lib o‘tgan ushbu samimiy uchrashuv muhim siyosiy o‘zgarishlar davrida yashab, tarixga munosib hissa qo‘shgan betakror shaxs — so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlandi.

 

Nuriddin Boboqandov talaba-yoshlarga Navoiy haqidagi noyob faktlar, qiziqarli uchrashuv va suhbatlardan olgan taassurotlarini so‘zlab berdi. Uchrashuvda shoirning ulug‘ mutafakkirga ehtirom ramzi o‘laroq bitilgan she’rlari yangrab, yoshlar qalbida ijodga bo‘lgan mehrni yanada uyg‘otdi