Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan 11-fevral – Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Men o‘z ilmiy faoliyatim bilan yurtim taraqqiyotiga hissa qo‘shaman” shiori ostida “Olima ayollarning ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi.
Seminarda ilm-fanga o‘z hissasini qo‘shayotgan ayol tadqiqotchilarning roli alohida e’tirof etildi. Tadbirda universitet olima ayollari bilan bir qatorda Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahridagi Hududiy innovatsiyalar universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sergaziyeva Madina Rasulxanovna va Mutaliyeva Aygul Alimdjanovna ishtirok etib, o‘z ilmiy tadqiqot ishlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Seminarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev ochib, ishtirokchilarga ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbir davomida universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Adolat Ziyotova, dotsent Mavluda Xudayarova, Umida Kurbonova, Musavvara Ibragimova kabi olima ayollar o‘z ilmiy izlanishlari va tadqiqot natijalari bilan bo‘lishdilar.