Skip to main content

Ilm-fan taraqqiyotida olima ayollarning o‘rni muhokama qilindi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 11-fevral — Xalqaro olima ayollar va qizlar kuni munosabati bilan “Ilm-fan taraqqiyotida olima ayollar va qizlarning strategik o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

 

Seminarda universitet rahbariyati, olima ayollar, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etib, ayollarning ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasi, innovatsion loyihalardagi faolligi va yosh avlodni ilmga yo‘naltirishdagi muhim roli haqida fikr almashildi.

 

Tadbir yakunida faol olima ayollar va iqtidorli qizlar munosib taqdirlandi. Seminar ilmiy tajriba almashish va yangi g‘oyalarni ilgari surish uchun muhim maydon bo‘ldi.