Skip to main content

Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi

Fransiyaning Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda bir nechta oliy ta‘lim muassasalari rektorlari hamda turli soha vakillari ishtirok etishmoqda.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitekura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Janbay Turkyilmaz ham ushbu tadbir mezbonlari taklifiga ko‘ra ishtirok etmoqda. 

Konferensiya doirasida ikki davlat oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirilgan.