Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Mazkur uchrashuvda universitet rektori Chidem Turkyilmaz va akademiya boshlig‘i Muzaffarjon Mamasiddiqov ishtirok etdi.
Ushbu kelishuv nafaqat ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, balki ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Xususan, “Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi” kafedrasi hamda akademiya o‘rtasidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zaro hamkorlik doirasida
Innovatsion ilmiy-texnik loyihalar;
Zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga joriy etish;
Seminar-treninglar va ilmiy konferensiyalar;
Yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash;
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilgan.