11-fevral — Xalqaro “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori professor Chidem Turkyilmaz hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Ma’ruzachilar tomonidan quyidagi muhim yo‘nalishlar yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surildi:
olimalar uchun grant va xorijiy stajirovka dasturlarini kengaytirish;
Ilmiy tadqiqotlar uchun tashkiliy va ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash;
gender tenglik va diskriminatsiyaga barham berish;
innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish mexanizmlarini rivojlantirish;
akademik mobillikni oshirish va nufuzli mukofotlar ta’sis etish.
Seminar yakunida ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishgan samarqandlik olima ayollar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.