Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Kichik faollar zalida O‘zbek tili va adabiyoti hamda Xorijiy tillar kafedralari tomonidan “Texnika oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek va rus tillarini o‘qitishning dolzarb masalalari (nazariya, metodika, texnologiya)” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda talabalarning tilshunoslik, ta’lim metodikasi va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlari muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, o‘zbek va rus tillarini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha foydali takliflar bildirdilar.
Mazkur konferensiya til ta’limini rivojlantirish, tajriba almashish va yangi pedagogik g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.