Talabgor Aymatov Rustam Ruziboyevichning “Qurilish materiallari sanoati pechlarida gaz yoqilg‘isining yonish samaradorligini oshirish va yonuv jarayonini takomillashtirish” mavzusida 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/27.02.2020.T.109.01 ilmiy kengashda 2025-yil 9-iyun kuni soat 10:00 da Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori,v.b. professor, Xalmanov Aktam Toshquvatovich
Talabgor Qarshiyev Sharif Sherqulovichning “Quyosh kollektorlarini buzilishdan himoyalash uchun energiya tejamkor va ishonchli o‘zini o‘zi drenaj qiladigan gelioqurilmalar” mavzusida 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/27.02.2020.T.109.01 ilmiy kengashda 2025-yil 9-iyun kuni soat 12:00 da Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor, katta ilmiy hodim Rashidov Yusuf Karimovich.
Manzil: Samarqand shahri, SamDAQU bosh bino.
Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.