Skip to main content

“Iqlim o‘zgarishining mehnat munosabatlariga ta’siri va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan 2025-yil 29–30-aprel kunlari “Iqlim o‘zgarishining mehnat munosabatlariga ta’siri va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

 

Konferensiya yo‘nalishlari:

Iqlim o‘zgarishining bino-inshootlar qurilishi, arxitektura va foydalanishga ta’siri hamda innovatsion yechimlar

Mehnat muhofazasini ta’minlashda raqamli boshqaruv va innovatsiyalar istiqbollari

Zamonaviy qurilish, shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalarida sun’iy intellekt imkoniyatlari

Jamiyatda mehnat madaniyatini rivojlantirish tamoyillari va istiqbollari

Mehnat bozoriga yashil iqtisodiyotning kirib kelishi va kasb malakalarining yangi tendensiyalari

 

Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.