Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida iqtidorli talabalar bilan “Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish va ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev hamda ilmiy tadqiqot va loyihalar koordinatsiyasi bo‘limi xodimlari olib bordi.
Uchrashuvda universitetning barcha fakultetlaridan mas’ul xodimlar, tyutorlar, ilmiy-tadqiqot va StartUP loyihalar ustida ishlayotgan, jamoat ishlarida faol hamda bilimdon talabalar ishtirok etdilar.
Shuningdek, tadbir davomida universitet Yoshlar akademiyasi lideri, “Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Rajabov Bekzod tanishtirildi.
Uchrashuv savol-javob tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzular bo‘yicha fikr almashdilar va foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.