Skip to main content

Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. 

 

Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan “Karyera Oromgohi 2025” – bu 2- va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi.

 

Oromgohda sizni nimalar kutmoqda?

 

Rezyume tayyorlash va intervyu ko‘nikmalari;

Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;

Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;

Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.

 

Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.

 

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting. (https://forms.gle/yF6fhSU9B35wfsX3A)