Skip to main content

Jaholatga qarshi — ma’rifat, inson qadri ustuvor

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida yoshlarni ma’rifatga chorlash, ularning ma’naviy va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” hamda “Inson qadri va huquqlarning ustuvorligi — taraqqiyot poydevori” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

 

Tadbir universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Uzokov boshchiligida o‘tkazildi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi rahbari Soxibnazar Boymurodov, rektor maslahatchisi Jamol Jo‘rayev hamda universitet talabalari ishtirok etdilar.

 

Soxibnazar Boymurodov o‘z chiqishida jaholat va diniy bag‘rikenglik mavzusiga alohida to‘xtalib, yoshlarni noto‘g‘ri ma’lumotlar va ekstremistik ta’sirlardan himoya qilish, diniy bag‘rikenglik, inson huquqlari hamda huquqiy madaniyat asosida jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot poydevorini yaratishning muhimligini ta’kidladi.

 

Mazkur davra suhbati yoshlarda ma’naviy immunitetni mustahkamlash va ularni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishga xizmat qildi.