Bugun universitet Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Universitet professor-o‘qituvchilari, Yoshlar ittifoqining faol a’zolari, hududdagi fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat a’zolar ishtirokida o‘tgan ushbu yig‘ilishda universitetning moliyaviy hisobotlari va boshqa muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish kun tartibidan universitetda samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish orqali professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlashga qaratilgan dolzarb taklif va mulohazalar o‘rin oldi.
Universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular o‘rtasidagi sog‘lom raqobatni rivojlantirish, jamoatchilik asosida amalga oshiriladigan nazorat orqali ta’lim sifati va ilmiy salohiyatning yangi bosqichga ko‘tarilishiga ko‘maklashish Kengashning eng muhim vazifalari sifatida qayd etildi.