Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Sportchi yurt himoyachisi – Sport sinovlari” shiori ostida sport oyligida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga rasmiy start berish marosimi oʻtkazildi.
Tadbirda universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor Sherzod Uzoqov, talabalar dekani Sherzod Bozorov ishtirok etdi.
Fakultetlararo harbiylashtirilgan sport musobaqalarida quyidagi sport turlari bo'yicha jamoviy va induvidal tarzda bellashuvlar bo‘lib o‘tdi:
Stol tennis;
Arqon tortish;
100 metrga yugurish;
Turnikda tortinish;
Armwrestling (bilak kurashi).
Ushbu musobaqalarda birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – Amir Temur izdoshlari jamoasi;
2-o‘rin – Qaytmaslar jamoasi;
3-o‘rin – Mangulik jamoasi.
Tadbirda ishtirok etgan jamoalar:
1. Temur avlodlari
2. 1-TTJ o‘g‘lonlari
3. TTJ-1
4. Manguberdi izdoshlari
5. MMOA lochinlari
6. Iqtisodiyot
7. Beruniy izdoshlari
8. Qaytmaslar
9. O‘zbegim yoshlari
10. Mangulik
11. Amir Temur izdoshlari
12. Benom
13. Yurt qo‘riqchilari
14. Qalqon terma
15. Turon arslonlari
16. Qalqon
16. Chaqqonlar