Skip to main content

KARYERA KUNI 2025

2025-yil 19-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bitiruvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.

 

Tadbirda 100 ga yaqin arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan yirik korxona va tashkilotlar o‘zlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etadilar.

 

Hurmatli bitiruvchi talabalar, mehnat yarmarkasiga barchangizni taklif etamiz! Tashrif buyuring va tez orada siz ham o‘z ish o‘rningizga ega bo‘ling!

 

Mehnat yarmarkasi soat 10:00 da boshlanadi.

 

Manzil: SamDAQU yangi kampusi