Skip to main content

“Kecha talaba, bugun ish beruvchi: bandlik va amaliy ish takliflari”

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlar uchun ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda!

 

Uchrashuv mehmoni — universitet bitiruvchisi, bugungi kunda muvaffaqiyatli tadbirkor, “Tolib bobo AKT” MChJ rahbar o‘rinbosari Jasurbek Tolibov va uning jamoasi.

 

Tadbir davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish takliflari bilan tanishilmoqda, ishga joylashish uchun zarur ko‘nikmalar haqida ma’lumotlar berilmoqda, real biznes tajribasiga asoslangan foydali maslahatlar ulashilmoqda.