Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 2025-yil 28-fevral kuni universitet Kengashining 5-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar:
2024-2025-o‘quv yilining kuzgi semestr yakunlari, universitet registrator ofisining nizomi va strategik rivojlantirish dasturi muhokamasi.
O‘zbekiston-Turkiya va O‘zbekiston-Italiya tanlovlariga taqdim etilayotgan ilmiy loyihalar va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini tasdiqlash.
Universitet kafedralari reyting natijalari va huquqiy ijro masalalarini muhokama qilish.
2025-yil yanvar-fevral oylarida yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar hisobotini tinglash.
Universitetning moliyaviy holati, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va obodonlashtirish masalalarini ko‘rib chiqish.