Skip to main content

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Antikorrupsiya talaba-yoshlar klubi va Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo‘limi tashabbusi bilan “Korrupsiya – taraqqiyot zavoli, iste’dod va imkoniyatlar cheklovi” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va yoshlarda halollik tamoyillarini shakllantirish muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan fikr almashib, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha dolzarb takliflarni ilgari surdilar.