Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Komplaens-nazorat” bo‘limi tashabbusi bilan Qurilish hamda Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetlarining 2-bosqich sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida “Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov bu – korrupsiyadir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda “Madad Shafqat” advokatlar hay’ati vakili, Oliy toifali advokat Mavjuda Rustamova, Qurilish fakulteti dekani Javlon Suyunov, Universitet profilaktika inspektorlari Nargiza Primova va Temur Karimov ishtirok etdi
Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmoni, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlashga oid qarorlar mazmun-mohiyati va ahamiyati keng yoritildi.
Talabalarga korrupsiyaga qarshi ong va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi va ochiq muloqotlar orqali fikr almashildi.