2025-yil 17-18-mart kunlari SamDAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi tomonidan “Xorijiy tillar”, “Mexanika muhandisligi”, “Atrof muhit muhandisligi” va “Biznesni boshqarish” kafedralarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining 2025-yil 5-martdagi kengaytirilgan yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlar va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar yoritildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati, qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarning mazmuni va ularning amaliy ahamiyati haqida tushunchalar berildi.