Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo’limi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi majlisining 2024-yil 26-iyundagi 15-son bayonnomasi va ilovalarida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq universitetda faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida doimiy ravishda profilaktik mazmundagi tadbirlar o’tkazilmoqda. Jumladan, ishga qabul qilinayotgan xodimlar bilan korrupsiyaviy harakatlarni sodir etish oqibatlari, mehnat shartnomasida ko’rsatilgan talablarni buzish hamda Odob-axloq qoidalariga rioya qilmaslik holatlarida ish beruvchining huquq va majburiyatlari haqida tushuntirishlar berilib, korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bilan tanishtirilmoqda.Shuningdek, suhbatlarda O’zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.