Skip to main content

Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo’limi tomonidan universitet Xotin – qizlar maslahat kengashi bilan hamkorlikda “Korrupsiyasiz hayot- men va oilamning kafolatlangan kelajagi” mavzusida targ’ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand shahar bo’limi xodimlari Ra’no Ibragimova, To’maris Soliyeva hamda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari va talaba-qizlar ishtirok etdi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishda oila jamiyatining o’rni va ahamiyati, ota-ona ibrati va namunasi, halollik tarbiyasi kabi mavzular kun  tartibidan o’rin oldi. Bu borada oilalar tayanchi halollik tarbiyasining targ’ibotchisi bo’lgan onalarning xizmatlari, burch va mas’uliyatlari alohida ta’kidlandi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” bo’limi