Skip to main content

Korrupsiyaga qarshi kurashishda birlashaylik

Dunyoning rivojlanishi, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda korrupsiyaga qarshi kurash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. 2004-yildan beri 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.

 

Shunga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ko‘rsatmasi va universitet rektorining buyrug‘iga muvofiq, universitetimizda 2025-yil 19-noyabrdan 26-noyabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurash haftaligi” e’lon qilindi.

 

Haftalik doirasida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan quyidagi ko‘rik-tanlovlarga start berilmoqda:

 

“Eng yaxshi insholar” tanlovi — “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” shiori ostida o‘z fikr-mulohazalarini qog‘ozga tushiradilar,  tanlov 19-noyabr kuni bo'lib o'tadi;

 

“Eng yaxshi rasmlar” tanlovi — "Korrupsiya - kelajakka tahdid!"  mavzusidagi ijodiy asarlar tanlanadi, tanlov saralash bosqishi 20-noyabr kuniga qadar (20-noyabr bu tanlovning oxirgi kuni) ijodiy ishlarini topshirishlari kerak;

 

“Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi — "Korrupsiyadan holi ta'lim muassasasi" mavzu  g‘oyasini yoritadigan videoroliklar baholanadi, videorolik davomiyligi 3 daqiyqadan oshmasligi shart tanlov saralash bosqichi 21-noyabr kuniga qadar (21-noyabir bu tanlovning oxirgi kuni) ijodiy ishlarini topshirishlari kerak.

 

Tanlovlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

 

Mazkur tanlov korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusini chuqur yoritib, ijodiy va badiiy koʻrinishda ifoda etishda talabalar ijodkorligini nomoyon etadi. Gʻoliblarni diplom va pul mukofatlari kutmoqda.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i  R.Davirov (https://t.me/Ibragimova_Musavvara) (66) 237-36-25

mutaxassis A.Norjigitov  (https://t.me/Ibragimova_Musavvara)(97) 912-23-95