Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti Landshaft dizayni kafedrasi 2016 yildan Samarqand davlat arxitektura – qurilish instituti tarkibida “Interyer va landshaft dizayni” kafedrasi sifatida faoliyat boshlagan.
Kafedra institut Interyer va landshaft dizayni kafedrasi tasarrufidan 2023-yilda ajralib, “Landshaft dizayni ” nomi bilan ish boshlagan. Hozirda ham Landshaft dizayni deb nomlangan.
2023 yilning avgust oyidan boshlab ushbu kafedra “Landshaft dizayni” kafedrasi nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Kafedraga turli yillarda: Sh.X.Tugizov (2013-2015), O.N.Babakandov (2015-2016), Sh.M.Kurbanov (2016-2017), B.B.Mustayev (2017-2018), A.E.Jonuzakov (2018-2019), T.F. Kushmanov (2019-2023), X.B.Xasanova (2023-2024) o’quv yillar kafedrada rahbarlik qildilar. 2024 yildan M.R. Imomov boshqarib kelmoqda.
Kafedrada 2023-2024 yilidan 70210400 – “Dizayn” (Landshaft loyihalash) Kafedrada 2024-2025 yilidan ixtisoslidgi bo’yicha Magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Bugungi kunda,“ Landshaft dizayni” kafedrasida 1 nafar professor, 1 nafar arx.f.b.f.d. (PhD), 4 nafar katta oqituvchi, 2 nafar o’qituvchi va 2 nafa stajyor o’qituvchi asosiy shtatda, jami 10 nafar professor-o’qituvchi ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib borishadi.
2013-2015 yillarda
1. Arxitektur fanlari nomzodi, dotsent – Sh.X.Tugizov;
2015-2016 yillarda
2. Katta o‘qituvchi – O.N.Babakandov;
2016-2017 yillarda
3. Katta o‘qituvchi – Sh.M.Kurbanov;
2017-2018 yillarda
4. Katta o‘qituvchi – B.B.Mustayev;
2017-2018 yillarda
5. Katta o‘qituvchi – A.E.Jonuzakov;
2018-2023 yillarda
6. Katta o‘qituvchi – T.F. Kushmanov;
2023-2024 yillarda
7. Katta o‘qituvchi – X.B.Xasanova;
2024 yilning noyabr oyidan boshlab hozirgacha Katta o‘qituvchi Imomov Muxiddin Rustamovich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Landshaft dizayni kafedrasi professor – o‘qituvchilari Landshatf loyihalash, Landshaft dizayni bo`yich mutaxassilik va tanlov fanlaridan amaliy nazari mashg‘ulot olib boradilar.
Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar v.b professor nafar, 1 nafar v.b.dotsent, 4 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchi, 2 nafa stajyor o’qituvchi jami – 10 nafar professor – o‘qituvchi hamda 1 nafar o‘quv yordamchi xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Landshaft dizayni kafedrasi professor – o‘qituvchilarinig o‘rtacha yoshi 38 yosh bo‘lib, ilmiy salohiyat 20 % ni tashkil etadi.
O‘tgan davr ichida o‘quv jarayonini yaxshilash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yangilash, ularni yosh va iqtidorli olimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarni bilim darajasini yanada yaxshilash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarilishini ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kafedrada o‘qish sifatini yanada oshirish uchun yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish ishlari ham yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Jumladan, so‘nggi 2 yil maboynida 6 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar, lug‘atlar, so‘zlashgichlar va 300 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan bo‘lib, universitetda va turdosh oliy ta’lim muassasalari qo‘llanma sifatida keng foydalanib kelinmoqda. Shulardan 5 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta darslik, OAK roʻyhatidagi jurnallarda 26 ta ilmiy maqola va xalqoro SCOPUS ba’zasiga kiritilgan jurnallardagi 8 ta ilmiy maqolalar soʻnggi ikki yil ichida bajarilgan.
Shuningdek, kafedralarda kunning ikkinchi yarmida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari universitet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzular asosida muntazam olib borilmoqda.
Hozirgi kunda kafedra dotsent B.B Mustayev hamda katta oʻqituvchilar Sh.M. Kurbonov, M.R. Imomov, X.B.Xasanova, U.N. Karimov, oʻqituvchi. K.B. Yunusovalar mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Kafedra manzili: SamDAQU, Arxitektura fakulteti, 3 qavat, 45 xona
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha
MA’LUMOT
T/r |
F.I.SH |
Lavozimi |
Ish joyiga munosabati |
1. |
Imomov Muxiddin Rustamovich |
Kafedra mudiri |
Asosiy |
2. |
Drobchenko Natalya Valerevna |
Dotsent PhD |
Asosiy |
3. |
Mustayev Baxrom Baxodirovich |
Dotsent PhD |
Asosiy |
4. |
Kurbonov SHavkat Mamatqulovich |
Katta o‘qituvchi |
Asosiy |
5. |
Karimov Ulug‘bek Nurmamatovich |
Katta o‘qituvchi |
Asosiy |
6. |
Xasanova Xafiza Baxriddinovna |
Kat o‘qituvchi |
Asosiy |
7. |
Yunusova Kamola Baxodirovna |
O‘qituvchi |
Asosiy |
8. |
Omonov Xusan Abdurazzakovich |
Stajer o‘qituvchi |
Asosiy |
9. |
Karimova Dilnoza Erkinovna |
Stajer o‘qituvchi |
Asosiy |
10. |
Azimova Dilrabo Akbarovna |
Stajer o‘qituvchi |
O`rindosh |
11. |
Ismatova Gulnora Mardonovna |
Ish yurituvchi |
Asosiy |