Skip to main content

Qozog‘iston Respublikasi Bosh konsuli SamDAQUda

Bugun Qozog‘iston Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsuli Talg‘at Sharipov Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, quyidagi masalalar muhokama qilindi:

 

Ta’lim – talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma diplom dasturlari, amaliyot va stajirovkalar

Ilm-fan – qo‘shma ilmiy loyihalar, laboratoriyalar tashkil etish, ilmiy konferensiyalar

Madaniyat – festival va ko‘rgazmalar, tillarni o‘rganish orqali madaniy almashinuv

Konsullik ko‘magi – viza va tashkiliy masalalarda ko‘mak

Infratuzilma – resurslardan birgalikda foydalanish, raqamli ta’lim platformalarini rivojlantirish

Moliyaviy hamkorlik – grantlar va xalqaro dasturlarda qo‘shma ishtirok

 

Shuningdek, SamDAQU faoliyati, ilmiy yo‘nalishlari va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.