Bugun L&T Construction kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari, jumladan MDH davlatlari bo‘yicha bosh kadrlar menejeri Saylesh Djaysval Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitetning bosh binosida 70 nafarga yaqin bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda L&T Construction vakillari Atrof-muhit muhandisligi, Elektr muhandisligi, Mehnat muhofazasi va Qayta tiklanadigan energiya yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilarni suhbat asosida ishga qabul qilish niyatini bildirdi.