Skip to main content

SamDAQU prorektori Malayziyada ilmiy hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bormoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadaev Malayziya mamlakatining Tunku Abdul Rahman universiteti laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, xorijiy universitet vakillari bilan SamDAQU va UTAR Kafedralari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib bordi.