Skip to main content

“Materialshunoslik muhandisligi” fakulteti laboratoriyalarining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi

Kunning ikkinchi yarmida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi Shimoliy-sharqiy universitetining “Materialshunoslik muhandisligi” fakultetiga va fakultet huzuridagi Sinov-tajriba laboratoriyasi hamda Avtomatika laboratoriyalarida bo‘ldilar. Laboratoriyalarning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.

 

Fakultetning sinov-tajriba laboratoriyasida magistr va doktorant talabalar tomonidan qurilish sohasida ishlatilishi rejalashtirilgan metallarni quyish, ularga ishlov va shakl berish, ularning tarkibini tahlil qilish jarayonlarida ishtirok etdilar.

 

Shuningdek, “Metallurgiya” fakultetida Virtual reallik simulyatsiya laboratoriyasi hamda qurilish materiallarini turli usullarda tahlil qiluvchi sinov laboratoriyalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan tajribalar almashish maqsadida suhbat o‘tkazildi.