Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida, 2025-yil 30-aprel kuni, “Iqlim o‘zgarishining mehnat munosabatlariga ta’siri va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlandi.
Konferensiyada viloyat hokimi o‘rinbosari Xusan To‘xtayev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafiqov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Temur Maxmudov, gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i Vagif Mirzoev, shuningdek, Belarus, Turkiya, Pokiston va Qozog‘iston kabi davlatlardan xorijiy olimlar ishtirok etdilar.
Konferensiya davomida:
Oliy ta’limda mehnat muhofazasi fanining o‘qitilishi bo‘yicha xorijiy tajribalar,
Raqamlashtirish, sun’iy intellekt, tuman va chiqindi gazlarning ta’siri,
Qurilish maydonlarida xavfsizlik, sog‘liqni muhofaza qilish,
Mehnatni muhofaza qilish qonunchiligi va statistikasining tahlili mavzulari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, yosh olimlar, doktorantlar, ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari va respublika OTMlari vakillari tomonidan mehnat xavfsizligining innovatsion yechimlariga oid takliflar ilgari surildi.
Tadbir yakunida qatnashchilar o‘zaro tajriba almashib, xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.