Skip to main content

MEHNAT MUHOFAZASI VA SALOMATLIK MUHANDISLIGI

YASAKOV ZIKRILLA XAYRULLAYEVICH

YASAKOV ZIKRILLA XAYRULLAYEVICH

Kafedra mudiri

Telefon: +998(93)310-03-22

Ma’lumoti: Oliy

Ilmiy darajasi: Yoʻq

Ilmiy unvoni: Katta o’qituvchi

Chet tillarini bilishi: ingliz va rus tillari (lo’g’at yordamida)

Kafedra to’g’risida

Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti Hayot faoliyati xavfsizligi 2020 yildan Samarqand davlat arxitektura – qurilish instituti tarkibida Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi sifatida faoliyat boshlagan.

Kafedra “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi  2022-yildan boshlab ushbu kafedra “Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi ” kafedrasi nomi bilan faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada:

2020-2024 yillarda

1. dotsent –X.X Razzoqov;

2. Texnika fanlar nomzodi   J.Sh Suyunov.

2024-yilning sentyabr oyidan boshlab hozirgacha katta o’qituvchi Yasakov Zikrilla Xayrullayevich mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi kafedrasi professor – o‘qituvchilari Bino va inshootlar xavfsizligi, Kasbiy salomatlik va xavfsizlik , Hayot faoliyati xavfsizligi, Mehnat muhofazasi, Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv, Yong’in xavfsizligi, Sanoat xavfsizligi, Bino va inshootlarda yong’in xavfsizligi, Radiatsiya xavfsizligi fanlaridan amaliy mashg‘ulot olib boradilar.

Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar PhD,  2 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar o‘qituvchi jami – 7 nafar professor – o‘qituvchi hamda 1 nafar ish yurituvchi xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Xorijiy tillar kafedrasi professor – o‘qituvchilarinig o‘rtacha yoshi 43 yosh bo‘lib, ilmiy salohiyat 57 % ni tashkil etadi.

O‘tgan davr ichida o‘quv jarayonini yaxshilash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yangilash, ularni yosh va iqtidorli olimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarni bilim darajasini yanada yaxshilash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarilishini ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Kafedrada o‘qish sifatini yanada oshirish uchun yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish ishlari ham yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Jumladan, kafedra faoliyati  maboynida 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar, lug‘atlar, so‘zlashgichlar va 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan bo‘lib, universitetda va turdosh oliy ta’lim muassasalari qo‘llanma sifatida keng foydalanib kelinmoqda. Shulardan 5 ta oʻquv qoʻllanma, 6 ta monografiya,  15 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo’llanma ,OAK roʻyhatidagi jurnallarda  30 ta ilmiy maqola va xalqoro SCOPUS ba’zasiga kiritilgan jurnallardagi 10 ta ilmiy maqolalar soʻnggi ikki yil ichida bajarilgan.

Shuningdek, kafedralarda kunning ikkinchi yarmida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari universitet ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzular asosida muntazam olib borilmoqda.

Hozirgi kunda kafedra katta o’qituvchisi: S.T Ruziyev mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Kafedra manzili: SamDAQU, Qurilish fakulteti, 4 qavat

 

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha

MA’LUMOT

T/r

F.I.SH

Lavozimi

Ish joyiga munosabati

   1.             

Yasakov Zikrilla Xayrullayevich

Kafedra mudiri, Katta o’qituvchi

Asosiy

   2.             

Suyunov Javlonbek Shiralievich

Dotsent v.b

Ichki oʻrindosh

   3.             

Atabayev Kodir Kaxorovich

T.f.n

Asosiy

   4.             

Ruziyev Suhrob Toirovich

Katta o‘qituvchi

Asosiy

   5.             

Kamalova Mahfiza Shamsiddinovna

O’qituvchi

Asosiy

   6.             

Achilov Anvar Mamarasulovich

 O‘qituvchi

Asosiy

   7.             

Saidov Bekzod Mirzaqulovich

O‘qituvchi

Asosiy

   8.             

Jo’raqulova Ruhsora Ne’mat qizi

Ish yurituvchi

Asosiy