Skip to main content

“Men giyohvandlikka qarshiman!” tanlovi doirasida tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy ishlar baholandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan e’lon qilingan “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostidagi tanlov doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida ijodiy ishlarni baholash jarayoni bo‘lib o‘tdi.

 

Tanlov ikkita yo‘nalish bo‘yicha baholandi 

 

Tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin: Axmadaliyev Islombek – Arxitektura fakulteti, arxitektura yo‘nalishi, 1-bosqich talabasi

2-o‘rin: Qosimboyev Og‘abek – Interyer dizayni yo‘nalishi talabasi

3-o‘rin: Masharipova Madina – Arxitektura fakulteti, 301-guruh talabasi

Shuningdek, arxitektura yo‘nalishi 2-bosqich talabalari Usenova Aselya va Nazarova Munisalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

 

Amaliy san’at yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin: Salomova Nargiza – Interyer dizayni yo‘nalishi, 302-guruh talabasi

 

 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Mazkur tanlov talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, ularni salbiy illatlarga qarshi kurashishda faol pozitsiyaga ega bo‘lishga undashga xizmat qiladi.