Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Injener iqtisod” fakultetining “Sanitariya texnikasi” kafedrasi 1967 yilda tashkil etilgan. Uning tarkibidan 1972 yilda “Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyasiya” nomi bilan kafedra faoliyat ko’rsata boshladi. Birinchi kafedra mudiri t.f.n., dosent Bo’rliyev Qo’shmon Umarovich bo’lib, 1973 yil avgust oyidan 1980 yilgacha kafedra mudiri lavozimida ishlagan.
Kafedra tashkil yetilgan dastlabki yillarda katta o’qituvchilar: R.K.Tojiyev., X.P.Qurbonova., J.F.Gasanenko, assistentlar: I.S.Arzumanov., V.G.Ayriyants., S.A.Sa’dullayev., Sh.Abduraxmonovlar faoliyat ko’rsatdi.
SamDAQI da 1976 yilda ilk bor “Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyasiya” bo’yicha birinchi marta 18 nafar diplomli mutaxassislar tayyorlandi.
Ushbu yillarda bitirgan yosh mutaxassislar R.M.Maxmudov., Z.I.Xolmurodova., A.Usmonqulov., A.T.Almamedova., S.S.Xamidov., S.M.Boboyev., B.Yusupov., N.K.Jomonqulov., X.G.Xusanov., R.A.Aymatov., J.O’g’lonov., V.S.Ganiyev., F.X.Murodovlar iqtidorli talabalar sifatida maqsadli Kiyev injenerlar qurilish institutini 1976-1981 yillarda tamomlagan yosh mutaxassislar Oliy ta’lim vazirligining yo’llanmasi bilan kafedrada assistent lavozimida faoliyat ko’rsata boshladi.
Keyinchalik “Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyasiya” mutaxassisligi bo’yicha etuk malakali kadrlar tayyorlash maqsadida ishlab chiqarish va boshqa oliy ta’lim muassasalaridan: G.G.Grinenko., M.M.Eshmatov., J.J.Mamatqulov., V.N.Barov., L.S.Denisyuk., Ye.D.Drujkina., Q.Yu.Abdullayev., G’.Bebutov., K.Usmonov., L.Vaysberg., A. Abdusaidov., S.A.Amirov., N.Mirzayev., V.N.Isayevlar kafedraga professor o’qituvchilar sifatida qabul qilindi.
Kafedrada mudirlik lavozimida turli yillar davomida quyidagi professor o’qituvchilar faoliyat ko’rsatganlar:
Q.U.Bo’rliyev (1973 - 1980 yillar), J.J.Mamatkulov (1980 - 1982 yillar), G.G.Grinenko (1982 - 1988 yillar), A.U.Usmonqulov (1988 - 1992 yillar), S.M.Boboyev (1992-1997 yillar), J.J.Mamatkulov (1998 - 2000 yillar), R.A.Aymatov (2000 - 2006 yillar), S.M.Boboyev (2006-2007 yillar), Q.Yu.Abdullayev (2007-2009 yillar), R.M.Maxmudov (2009-2014 yillar), Sh.A.Usmonov (2014-1018 yillar) S.M.Boboyev (2018-2023 ) va hozirda kafedra mudiri lavozimida Fayziyev Zafar Xaydarovich rahbarlikni olib bormoqda.
Kafedraning nomi institutda mutaxassislar tayyorlash yo’nalishlariga qarab va kafedraning birlashtirilishi sababli: “Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyasiya” (1972-1997 yillar), “Muhandislik kommunikasiyalari qurilishi va ekologiya” (1997-2000 yillar), “Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyasiya va atrof muxit ximoyasi” (2001-2005 yillar), “Issiqlik, gaz ta’minoti va xayotiy faoliyat xavfsizligi” (2012–2015 yillar), “Issiqlik-gaz ta’minoti, ventilyasiya va servis” (2015-2023), 2023 yil Avgust oyidan boshlab “Mexanika muhandisligi” nomi bilan faoliyat ko’rsatmoqda.
Xozirgi kunda kafedra tarkibida jami 13 nafar professor-o’qituvchi bo’lib, shundan, t.f.d. professor S.M.Boboyev, f-m.f.d.professor A.T.Xolmanov, va t.f.n. dosentlar R.M.Maxmudov., Q.Yu.Abdullayev., M.M.Eshmatov, t.f.f.d.(PhD) Katta o’qituvchi X.R.Burxonov, Katta o’qituvchilar Z.I.Xolmurodova., R.R.Aymatov., M.D.Uzboyev, O’qituvchilar Z.X.Fayziyev, Sh.X. Taniberdiyev., O.X. Omonqulov., Sh.Z. Yuzbayevalar faoliyat ko’rsatmoqdalar.
MEXANIKA MUHANDISLIGI KAFEDRASI QUYIDAGI YO‘NALISHLAR BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TAYYORLAYDI:
BAKALAVRIATURA:
60713500 - Mexanika muhandisligi
60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji
60112400 – Professional ta`lim (Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji)
MAGISTRATURA:
70730401-Muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlari qurilishi va montaji (turlari bo’yicha)
TAYANCH DOKTARANTURA YO’NALISHLARI:
05.09.03 – Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish.
05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari
PhD 26/27.02.2020.T.109.01 – sonli Ilmiy kengash quyidagi ixtisosliklar bo`yicha ilmiy daraja beruvchi Kengash mavjud
05.09.03 – Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish.
13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari bo’yicha)
Hozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.
jumladan:
Ø 2 nafar professor;
Ø 3 nafar t.f.n., dotsent;
Ø 1 nafar t.f.f.d (PhD)
Ø 3 nafar katta o‘qituvchi;
Ø 3 nafar o‘qituvchi;
Mexanika muhandisligi kafedrasi ilmiy salohiyati 50% tashkil etmoqda.
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha
MA’LUMOT
T/r |
F.I.SH |
Lavozimi |
Ish joyiga munosabati |
1. |
Boboyev Sobirjon Muradullayevich |
t.f.d. professor |
asosiy |
2. |
Xalmanov Atkam Toshquvatovich |
f-m.f.d, professor |
asosiy |
3. |
Eshmatov Mansur Mulusmanovich |
t.f.n. dotsent |
asosiy |
4. |
Maxmudov Ruzmat Maxmudovich |
t.f.n. dotsent |
asosiy |
5. |
Abdullayev Qulmamat Yusupovich |
t.f.n. dotsent |
asosiy |
6. |
Burxonov Xurshid Rashidovich |
t.f.f.d.(PhD) Katta o’qituvchi |
asosiy |
7. |
Fayziyev Zafar Xaydarovich |
Kafedra mudiri |
asosiy |
8. |
Aymatov Rustam Ruziboyevich |
Katta o’qituvchi |
asosiy |
9. |
Uzboyev Maftun Dusiyarovich |
Katta o’qituvchi |
asosiy |
10. |
Taniberdiyev Sherali |
O’qituvchi |
asosiy |
11. |
Yuzbayeva Shoxida Zakirjanovna |
O’qituvchi |
asosiy |
12. |
Omonqulov Orif Xolmuhammad o’g’li |
O’qituvchi |
asosiy |
13. |
Odilova Saida Zakirovna |
Ish yutrutuvchi |
asosiy |