Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Milliy qadriyatlar — millat ko‘zgusi” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir Arxitektura hamda Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlarining iqtidorli talabalari tomonidan tashkil etildi. Ko‘rgazmada talabalarning milliy madaniyat, urf-odat va qadriyatlarni aks ettiruvchi ijodiy ishlari, arxitektura loyihalari, tasviriy san’at namunalaridan iborat ijodiy ishlari namoyish etildi.
Tadbir milliy o‘zlikni anglash, estetik didni shakllantirish va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilisga qaratilgan.