Skip to main content

Milliy qadriyatlar sayli yuqori saviyada o‘tkazildi

“Adabiy-ma’rifiy haftaliklar” doirasida butun respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Milliy qadriyatlar sayli” tadbirlari keng miqyosda davom etmoqda.

 

Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga biriktirilgan xiyobonda ham mazkur sayil yuqori saviyada tashkil etildi.

 

Sayil davomida talaba-yoshlarimiz ishtirokida milliy liboslar va urf-odatlar, an’anaviy san’at turlari, xalq og‘zaki ijodi namunalari, kitob ko‘rgazmalari, milliy o‘yinlar va sahna ko‘rinishlari, she’riyat kechalari kabi turli madaniy-ma’rifiy namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir yosh avlod qalbida xalqimizning boy madaniy merosi, qadriyatlari va urf-odatlariga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ularni asrab-avaylash va keng targ‘ib etishga xizmat qildi.