Skip to main content

Muhandislik “StartUP loyihalar” tanlovida ishtirok eting!

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash  va o‘z g‘oyalarini amalda qo‘llash imkoniyatlarini yaratish maqsadida 2025-yil 13-may kuni muhandislik “StartUP loyihalar” tanlovi bo‘lib o‘tadi. 

 

Tanlovda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan, talabalar, magistrlar, doktorantlar va yosh olimlar o’z startap loyihalari bilan ishtirok etishlari  mumkin. 

 

Tanlov g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin uchun: 3 000 000 mln soʻm;

2-o‘rin uchun: 2 000 000 mln soʻm;

3-o‘rin uchun: 1 000 000 mln soʻm.

 

Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rinni egallagan  nomzod tanlovning respublika bosqichida  ishtirok etishga tavsiya etiladi. 

 

Manzil: SamDAQU Inkubatsiya markazi, Bosh bino 114 – xona 

Sana: 13-may

Soat: 10:00 da