Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislar, investorlar va innovatsion g‘oya egalari ishtirokida tashviqot seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadayev ochib berdi.
Ma’ruzachilar:
– Aziz Saloxitdinov – “Startap Garage” Samarqand filiali rahbari
– Usmon Xushvaqtov – ITvaLK koordinatori
– Aziz Maxmudov – Yoshlar akademiyasi lideri
Seminar davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
Ilmiy izlanishlarning bugungi kundagi o‘rni
Startap g‘oyalarni shakllantirish manbalari
Davlat stipendiyalariga erishish yo‘llari
Iqtidorli yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar
Tadbir ishtirokchilarga ilhom, g‘oya va motivatsiya baxsh etdi. 2025-yil 13-may kuni bo‘lib o‘tadigan “StartUP loyihalar” tanlovi esa ularning ijodiy tashabbuslarini namoyon etish uchun katta maydon bo‘ladi.
Tanlov g‘oliblari uchun sovrinlar:
1-o‘rin – 3 000 000 so‘m
2-o‘rin – 2 000 000 so‘m
3-o‘rin – 1 000 000 so‘m
Bundan tashqari, 1-o‘rin sohibi respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.