Bugun SamDAQUda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida xalqaro darajadagi italiyalik mutaxassis N. Gaetano Crisci tomonidan seminar o‘tkazildi.
Universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz tadbirni ochib bergach, xorijlik mutaxassis o‘z tajribasi hamda kelgusidagi rejalari haqida so‘zladi. Shuningdek, talabalarga qimmatli maslahat va tavsiyalarini berdi.
Gaetano — qurilish, muhandislik va energetika sohalarida 35 yildan ortiq xalqaro menejerlik tajribasiga ega mutaxassis. U Italiya, Afrika, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda yirik infratuzilma, neft-gaz, qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini boshqargan. Gaetano konsalting, tender boshqaruvi, startaplar va universitetlar bilan xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida faoliyat yuritgan.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, Gaetano Crisci universitet talabalari bilan muntazam ishlash va iqtidorli yoshlarni o‘z loyihalariga jalb qilib uchun universitetimiz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi.