Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti "Iqtisodiyot va boshqaruv" fakulteti talaba-yoshlari uchun, 9-may - "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Nomingiz dillarda mangu yashaydi" nomli jasorat darslari tashkil qilindi.
Tadbir davomida universitet "Ijtimoiy va tabiiy fanlar" kafedra mudiri Asliddin Qo‘ldoshev hamda kafedra katta o‘qituvchisi Adolat Ziyotova tomonidan urushning salbiy oqibatlari jumladan ikkinchi jahon urushi butun insoniyat qalbida o‘chmas dog‘ bo‘lib qolganligi, urushda xalqimiz tomonidan qilingan mislsiz jasorat haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuv qiziqarli savol-javoblar va muhokamalarga boy bo‘ldi. Talaba-yoshlar o‘z dunyoqarashini kengaytirib, tarixdan ibrat olish zarurligini yana bir bor his etdilar.